• sayt xaritasi
  • pochta
  • bugun : 23.10.2018 | 20:
Ўтган кун давомида (2018 йил 22-октябр) 40 та авария ҳолати бартараф қилинди: Қорақалпоғистон Республикаси бўйича – 2 (ССТ), Тошкент шах. – 10 (ИСТ-5, ЭТ-4, ГТ-1), Андижон вил. – 3 (ССТ), Бухоро вил. – 3 (ССТ), Жиззах вил. – 3 (ССТ), Қашқадарё вил. – 6 (ССТ-4, К-1, ЭТ-1), Сирдарё вил. – 4 (ССТ), Тошкент вил. – 4 (ССТ), Фарғона вил. – 4 (ССТ), Хоразм вил. – 1 (ССТ).
Vazirlik haqida
 

 

O'zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal хizmat ko'rsatish vazirligi 2017 yil 18 apreldagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy kommunal хizmat ko'rsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g’risida”gi PF-5017- sonli Farmoniga asosan tashkil etilgan.

O'zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal хizmat ko'rsatish vazirligining asosiy vazifalari va faoliyat yo'nalishlari:

uy-joy kommunal хizmat ko'rsatish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish va tarmoqlararo muvofiqlashtirishni amalga oshirish;

ko'p honadonli arzon uylar qurilishi bo'yicha davlat dasturlari amalga oshirilishini ta'minlash, ko'p honadonli arzon uylar, suv ta'minoti, kanalizatsiya, issiqlik ta'minoti ob'ektlari qurilishi bo'yicha buyurtmachi funksiyalarini amalga oshirish, eski va avariya holatidagi uy-joylar buzilishini tashkillashtirish;

ko'p honadonli uylarning texnik holatini monitoring qilish, shu jumladan, ko'p honadonli uy-joy fondini mukammal va joriy ta'mirlash ishlarini tashkil qilish;

xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ko'p honadonli uy-joy fondini saqlash, ulardan foydalanish va ekspluatasiya harajatlarini aniqlash bo'yicha talablarga, ko'p honadonli uylarni texnik ekspluatasiya qilish qoidalari va normalariga, ko'p honadonli uylarga tutash hududlarning sanitariya normalari, qoidalari va gigiena normativlariga muvofiq holda saqlanishiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

suv ta'minoti va kanalizatsiya ob'ektlarini, issiqlik ta'minoti tizimlarini aholi punktlarini rivojlantirish sxemalari va bosh rejalari bilan bog’lagan holda rivojlantirish, modernizasiya va rekonstruksiya qilish dasturlarini ishlab chiqish hamda ularning sifatli bajarilishini tashkillashtirish, mazkur soha tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqaruvini ta'minlash;

uy-joy kommunal хizmat ko'rsatish tizimiga resurs va energiya tejaydigan texnologiyalar hamda uskunalarni tadbiq etish, jumladan, uy-joy kommunal xo'jaligi ob'ektlarini zamonaviy hisoblash o'lchov asboblari bilan jihozlash, qurilish-montaj ishlari tannarhining pasayishini ta'minlaydigan mahalliy zamonaviy va sifatli qurilish materiallari hamda buyumlarini keng qo'llash;

uy-joy kommunal хizmat ko'rsatish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo'yicha takliflar tayyorlash, rivojlangan horijiy mamlakatlarning ilg’or tajribasini inobatga olgan holda uy-joy kommunal хizmat ko'rsatishning zamonaviy shakl va usullarini ishlab chiqish hamda joriy etish;

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda suv ta'minoti, kanalizatsiya, issiqlik ta'minoti bo'yicha ko'rsatiladigan хizmatlarga tarif siyosatini shakllantirish, uy-joy kommunal хizmat ko'rsatish sohasi tashkilotlarining iqtisodiy barqarorligini mustahkamlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

uy-joy kommunal хizmat ko'rsatish sohasi uchun kadrlar tayyorlash bo'yicha takliflar kiritish, o'quv stajirovkalarini chet ellarda o'tkazishni nazarda tutgan holda kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari, dasturiy mahsulotlar, idoraviy axborot tizimlari va ma'lumotlar bazasi joriy etilishini nazarda tutish.

 

Davlat dasturi ijrosi
Uy-joy kommunal xizmat tariflari
Xisoblagich Xisoblagichsiz
Elektr204.3-
Sovuq suv2855972.31
Issiq suv3915.922938.78
Chiqindi-3500
Gaz263.4 5011.49
Valyuta kursi
Ob-havo