• sayt xaritasi
  • pochta
  • bugun : 25.05.2020 | 21:
Ўтган кун давомида (2018 йил 2-октябр) 17 та авария ҳолати бартараф қилинди: Қорақалпоғистон Республикаси бўйича – 1 (ССТ), Тошкент шах. – 2 (ИСТ), Қашқадарё вил. – 3 (ССТ-1, К-2), Наманган вил. – 4 (ССТ-3, К-1), Самарқанд вил. – 1 (ССТ), Сирдарё вил. – 1 (К), Тошкент вил. – 3 (ССТ), Фарғона вил. – 1 (ССТ), Хоразм вил. – 1 (ССТ).
Ў тган кун давомида (2020 йил 19-Май) 29 та авария ҳолати бартараф қилинди: Қорақалпоғистон Республикаси бўйича –1 (ССТ), Тошкент шах. –10 (СувСоз–1,ИСТ–5, ГорПЭС–4), Тошкент вил.–3 (ССТ–2,ИСТ–1), Наманган вил.–2 (ССТ), Сирдарё вил.–2 (ССТ–1, К–1), Жиззах вил.–1 (ССТ), Навоий вил.–3 (ИСТ), Бухоро вил. –4 (ССТ), Қашқадарё вил. –2 (ССТ), Сурхандарё вил.–1 (ССТ).
Elektron hukumat doirasida o'tkazilgan tadbirlar
 

 

Hududlarda “Hudud” axborot tizimini tadbiq etish choralari

Hududlarning axborotlashtirish tizimini joriy etish va takomillashtirish yuzasidan hamda hududlarga biriktirilgan sektor rahbarlari ish faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan “Hudud” axborot tizimini tadbiq etish ishlari yo‘lga qo‘yilmoqda.

Shu munosabat bilan, mazkur axborot tizimini joylarda joriy etish yuzasidan 2018 yilning 22 yanvar kunidan boshlab tasdiqlangan jadval asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlarda hududlarga biriktirilgan sektor rahbarlari uchun o‘quv seminarlari boshlandi. Seminarda hududlarga biriktirilgan sektor (hokimiyat, prokuratura, IIB, soliq) rahbarlari va tizimga ma’lumotlarni kiritib borishga mas’ul xodimlar uchun ushbu tizimdan foydalanish hamda ma’lumotlarni kiritish bo‘yicha tegishli tushuncha va ko‘rsatmalar beriladi. Bugun, 22 yanvar kuni mazkur seminar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashida o‘z ishini boshladi va seminarda “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining va “Uzinfokom” markazi mas’ul xodimlari ham ishtirok etmoqda. Shu o‘rinda, ma’lumot tarzida ta’kidlash joizki, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Respublika hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha biriktirilgan sektorlar rahbarlariga yuklatilgan vazifalar bajarilishini yengillashtirish va ularning faoliyatini samaradorligini oshirish maqsadida har bir sektor rahbarlari planshet qurilmalari bilan ta’minlanganlar. Mazkur planshet qurilmalari hamda “Hudud” axborot tizimi yordamida joylardagi turli ob’ektlar pasportlari (maktablar, bozorlar, tibbiyot muassasalari, kommunal xo‘jaligi, ularning holati va hokazolar), hodisalar (huquqbuzarliklar, murojaatlar soni va boshqalar) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hamma joylardagi aholining eng muhim muammolarini yechish yuzasidan ma’lumotlarni kiritib borish imkoni yaratilgan. Seminar joriy yilning 1 fevraliga qadar butun respublika bo‘ylab barcha viloyatlarda tashkil etiladi.

manba:egov.uz

Uy-joy kommunal xizmat tariflari
Xisoblagich Xisoblagichsiz
Elektr295-
Sovuq suv310norma
Issiq suv524220470
Chiqindi-3900
Gaz380 6083
Kanalizatsiya250norma
Valyuta kursi
Ob-havo